O‘zbekiston Milliy banki Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan «Zomin» dor yo‘li turistik obyektini savdoga chiqardi.
Xususiyatlari:
- Uzunligi — 2102 metr, 8 o‘rinli 36 ta kabina;
- O‘tkazish qobiliyati — soatiga 1200 kishi;
- Uskunalar ishlab chiqaruvchisi — Bartholet Maschinenbau AG (Shveytsariya);
- Kabina dizayni — Porsche Design Studio (Germaniya);
- Balandlik farqi — 529 metr, 12 ta tayanch ustun.
Quyi bekatda 351 o‘rinli avtoturargoh, tez ovqatlanish joyi va bolalar maydonchasi mavjud. Yuqori bekatda esa restoran, terrasa, o‘yin zonalari va xizmat ko‘rsatish xonalari joylashgan. Umumiy yer maydoni — 1,59 gektar.
Hamkorlik shartlari:
- Narxi — 215,1 milliard so‘m;
- Boshlang‘ich to‘lov — 30%, qolgan qismi 3 oy ichida;
- Qiymatning bir qismini to‘lash uchun NBUdan kredit olish imkoniyati mavjud.
Batafsil ma’lumot olish yoki uchrashuv belgilash uchun:
+998 98 335-34-77 +998 78 148-26-58
Toshkent, Y. G‘ulomov ko‘chasi, 95-uy (8-qavat)






