O‘zbekiston Milliy banki «Miraki» dor yo‘lini sotuvga chiqardi

26.11.25

O‘zbekiston Milliy banki Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi «Mirak» sayyohlik markazida, «Hisorak» suv ombori yaqinida joylashgan zamonaviy sayyohlik obyekti — «Miraki» dor yo‘lining sotuvga chiqarganini ma’lum qiladi.

Loyihaning asosiy xususiyatlari:

  • Yo‘l uzunligi — 2084 metr;
  • Balandliklar farqi — 352 metr (dengiz sathidan 997 metrdan 1349 metrgacha);
  • Tayanchlar soni — 7 ta;
  • Carvatech kabinalari — 20 dona, har biri 8 o‘rinli;
  • O‘tkazish imkoniyati — soatiga 660 kishigacha (bir yo‘nalishda);
  • Hudud maydoni — 1,9 gektar;
  • To‘lov shartlari — 30% oldindan to‘lov, qolgan 70% shartnoma imzolangandan so‘ng 3 oy ichida;
  • Zarur bo‘lsa investorga obyekt qiymatining 70% gacha bo‘lgan qismini to‘lash uchun NBU tomonidan kredit taqdim etiladi.

Obyektning boshlang‘ich narxi — 158,2 mlrd so‘m.

Onlayn-savdo E-auksion elektron platformasida (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=18546914) bo‘lib o‘tadi.

Batafsil ma’lumot olish yoki uchrashuv tashkil etish uchun:

+998 78 148-26-58
info@nbuig.uz
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Ya. G‘ulomov ko‘chasi, 95-uy (8–qavat)

Skip to content