O‘zbekiston Milliy banki Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi «Mirak» sayyohlik markazida, «Hisorak» suv ombori yaqinida joylashgan zamonaviy sayyohlik obyekti — «Miraki» dor yo‘lining sotuvga chiqarganini ma’lum qiladi.
Loyihaning asosiy xususiyatlari:
- Yo‘l uzunligi — 2084 metr;
- Balandliklar farqi — 352 metr (dengiz sathidan 997 metrdan 1349 metrgacha);
- Tayanchlar soni — 7 ta;
- Carvatech kabinalari — 20 dona, har biri 8 o‘rinli;
- O‘tkazish imkoniyati — soatiga 660 kishigacha (bir yo‘nalishda);
- Hudud maydoni — 1,9 gektar;
- To‘lov shartlari — 30% oldindan to‘lov, qolgan 70% shartnoma imzolangandan so‘ng 3 oy ichida;
- Zarur bo‘lsa investorga obyekt qiymatining 70% gacha bo‘lgan qismini to‘lash uchun NBU tomonidan kredit taqdim etiladi.
Obyektning boshlang‘ich narxi — 158,2 mlrd so‘m.
Onlayn-savdo E-auksion elektron platformasida (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=18546914) bo‘lib o‘tadi.
Batafsil ma’lumot olish yoki uchrashuv tashkil etish uchun:
+998 78 148-26-58
info@nbuig.uz
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Ya. G‘ulomov ko‘chasi, 95-uy (8–qavat)
