«Hastimom» turistik majmuasini sotib olish uchun qulay shartlar

04.12.25

O‘zbekiston Milliy banki Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Islom sivilizatsiyasi markazi yonida joylashgan «Hastimom» sayyohlik majmuasi obyektlarini sotuvga qo‘ydi.

Majmua tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • «Buxoro» mehmonxonasi — 56 o‘rinli, 300 kishilik restoran;
  • «Samarqand» mehmonxonasi — 30 o‘rinli, 300 kishilik restoran;
  • «Bog‘dod» restorani — umumiy maydoni 866 m²;
  • «Madina» restorani — umumiy maydoni 930 m²;
  • Maydoni 29 m² dan 632 m² gacha bo‘lgan 25 ta savdo do‘koni. Sotib olish shartlari:
  • Dastlabki to‘lov — shartnoma imzolangan kundan boshlab 20 kalendar kun ichida 30%;
  • Qolgan 70% — kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng 1 oy ichida;
  • Zarur hollarda investorga obyekt qiymatining 70 foizigacha to‘lovni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Milliy bankidan kredit taqdim etiladi.

Fursatni qo‘ldan boy bermang — tayyor infratuzilma, qulay joylashuv va yuqori turistik salohiyatga ega loyihaga sarmoya kiriting!

Batafsil ma’lumot olish yoki uchrashuv tashkil etish uchun:

+998 78 148-26-58

info@nbuig.uz

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Ya. G‘ulomov ko‘chasi, 95-uy (8–qavat)