Loyihaning asosiy xususiyatlari:
- Yo‘l uzunligi — 2084 metr;
- Balandliklar farqi — 352 metr (dengiz sathidan 997 metrdan 1349 metrgacha);
- Tayanchlar soni — 7 ta;
- Carvatech kabinalari — 20 dona, har biri 8 o‘rinli;
- O‘tkazish imkoniyati — soatiga 660 kishigacha (bir yo‘nalishda);
- Hudud maydoni — 1,9 gektar.
To‘lov shartlari: 30% boshlang‘ich to‘lov, qolgan 70% — 3 oy davomida. Zarur hollarda qiymatning 70% gacha O’zbekiston Milliy banki tomonidan kredit taqdim etiladi.
Obyektning boshlang‘ich narxi — 158,2 mlrd so‘m.
Onlayn-savdo E-auksion elektron platformasida bo‘lib o‘tadi.
Batafsil: +998 95 676-05-06, +998 78 148-26-58 info@nbuig.uz






